Оценить:
 Рейтинг: 0

LaTeX ga kirish. Darslik

Год написания книги
2022
<< 1 ... 13 14 15 16 17 18 19 >>
На страницу:
17 из 19
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

University of Rootabaga,\\

Cream Puffs, 80116, RO, USA}

\opening {Dear Prof.\ Huckabuck,}

Enclosed please find two copies of my paper.

\closing {Sincerely yours,}

\end {letter}

\end {document}

Hujjat kompanovka qilingandan keyin ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:

E’tibor qarating. Xatni har bir qismi o‘z buyrug’iga ega. Argumentida fikr keltirilgan.

\begin {document} va \end {document} oralig‘ida xat joylashgan. Har bir xat letter doirasida (okrujeniye) keltirilgan. Unda asosiy argaument adressdir. Xat mazmuni \opening buyrug’idan keyin boshlanadi, va \closing buyrug’i bilan tugallanadi.

Nazorat savollari

1. «Bo‘limlarni avtomatik nomerlash» qaysi hujjat sinflarida mavjud?

2. article, report va book hujjatlarn bir biridan farqini tushintiring.

3. «Ikki kolonkali terish» qaysi hujjat sinflarida mavjud?

4. \opening va \closing buyrug’i qanday hujjatda qo’llaniladi?

Topshiriqlar

1. LaTeX tizimining internetdagi ochiq manbalar yordamida asosiy xususiyatlarini o’rganing.

2. Siz foydalanayotgan matn muharriri va LaTeX uchun quydagi taqqoslash jadvalini tuzing:

3. Ushbu dars materiallari va internetdagi ochiq manbalar yordamida LaTeX tizimining asosiy xususiyatlarini o’rganing. Tizimning mumkin bo’lgan afzalliklarini sanab o’ting hujjatlar bilan ishlashda sizga foydali ekanligingizni isbotlang.

4.7. Saxifalarni tashkil etish stillari

\pagestyle buyrug‘i LaTeX-da sahifa uslubini o‘rnatish uchun taqdim etiladi. Ushbu buyruqda bitta majburiy argument mavjud – u bitta so‘zdan iborat. Standart hujjat sinflaridan foydalanishda ushbu so‘z quyidagilardan biri bo‘lishi kerak:

empty – bitta ham kolontitullar, saxifa nomeri yo‘q;

plain – saxifa nomeri pastda o‘rtada qo‘yiladi, kolontitullar yo‘q;

headings – kolontitullar bor (ular o‘zida saxifa nomerini oladi);

myheadings – kolontitullar bor, ular oldingi punktdagi singari tashkil etiladi, ular avtomatik nomerlanmasdan foydalanuvchi tomonidan qo‘yildi.

Agar asosiy sinf article bo‘lsa, unda sukut bo‘yicha sahifalar plain uslub bilan, qolgan ikkita asosiy uslubda headings uslubi bilan formatlanadi. Hamma uchun uslubni belgilaydigan \pagestyle buyrug‘i bilan birga sahifalarda, shuningdek uslubni belgilaydigan \thispagestyle buyrug‘i mavjud u bitta sahifaga ta’sir etadi. U \pagestyle kabi argumentlarni oladi. Lekin ushbu argumentda ko‘rsatilgan uslub faqat ushbu buyruqni olgan matn tushgan sahifaga tegishli. Odatda bu buyruq \newpage yoki \clearpage dan keyin qo‘llaniladi. \newpage yoki \clearpage buyruqlar yangi saxifa xosil qilish uchun qo‘llanildi.

Odatda saxifa nomerlari arab raqamlari, rim raqamlari yoki harflar tartibida bo‘ladi. Tartib raqamini qo‘yish uchun \pagenumbering buyrug‘i yaratilgan. Uning bitta talab qilinadigan (majburiy) argumenti bor, ya’ni u quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:

arabic – arab raqamlari (1, 2, 3,…)

roman – rim raqamlari (i, ii, iii,…)

Roman – rim raqamlari (I, II, III,…)

alph – kichik xarflar (a, b, c,…)

Alph – Katta xarflar (A, B, C,…)

\pagenumbering buyrug‘i nafaqat bosma ko‘rinishni o‘zgartiradi sahifa raqamlari ko‘rsatiladi, lekin sahifani hisoblashni ham boshlaydi (Bu, masalan, muqaddima sahifalarini rim raqamlari bilan raqamlash kerak bo‘lgan hollarda va asosiy matnning sahifalarini arab tilida qayta raqamlash kerak bo‘lgan hollarda qulaydir). Shuning uchun, ushbu buyruqni \newpage yoki \clearpage -dan keyin darhol berish to‘g‘ri.

Nazorat savollari

1. \pagestyle buyrug’ini vazifasi nima?

2. empty argument nimani belgilaydi?

3. \newpage buyrug’i vazifasi nima?

4. \pagenumbering buyrug’i argumentlarini sanab bering.

Topshiriqlar

Quydagi mundarijani:

1. «11. Murakkab formulalar. …………………….………….…………128

11.1. Formulalarni raqamlash ………………………………….….……128

11.2. Formulalarda o‘tkazish (yangi qatorga) ………………..….…130

11.3. Formulalarda shriftni o‘zgartirish ………………..……….……132

11.4. Matnni formulalarga qo‘shish ………………………………..136»

saxifalarni arabic, roman, Roman, alph, Alph argumentlar orqali turlich raqamlar bilan belgilangan xolatda chop etilishini tashkil etuvchi hujjat tashkil eting.

5. Xoshiyalar (polyalar), sahifa hajmi va boshqalar

LaTeX hujjatlar sinfi sahifa kengligi va balandligi, chekka joylar va boshqalar kabi parametrlarning qiymatlarini oldindan belgilaydi (qog‘oz o‘lchamini belgilaydigan variantni hisobga olgan holda).Конец формы

5.1. Kengligi

Sahifadagi matnning kengligi \textwidth buyrug’i parametri bilan o‘rnatiladi; agar ikkita ustunda yozilsa, u holda \textwidth ikkala ustunning kengligi va ular orasidagi bo‘shliqni o‘z ichiga oladi. Agar siz xohlasangiz kenglikni sahifadagi matn santimetr uzunlikda belgilashingiz mumkin, u preambulmda shunday yoziladi:
<< 1 ... 13 14 15 16 17 18 19 >>
На страницу:
17 из 19