Kulib yuboray dedim.
– Botir Rahmatovich, men televideniyeda kichkina odamman. MTRK raisi u yoqda tursin, muharrir ham gaplashib o?tirmaydi men bilan. Uni hatto ko?rmayman ham. Lavha efirda ketishi uchun uning imzosi kerak.
– Yo?g?-e? – astoydil hayron bo?ldi vazir. – Mayli, shuyam muammomi?..
U telefonda Ko?chimovning4 raqamini terdi..
– Abdusaid aka, bizni qo?llab turganingiz uchun rahmat, yigitlaringiz zo?r ekan, juda yaxshi ko?rsatuv tayyorlashibdi…
Ishxonada Furqat Zokirov meni qilich yalang?ochlab kutib turgan ekan. Bu safar u butun Toshkentni boshiga ko?tarib baqirdi. Men uni bir tiyinga olmay, ruxsatsiz, navbatsiz kamera olib chiqib ketibman. «Tirrancha, dumbul, ahmoq, eshshak… Menga yuqoridan bosim o?tkazaman, deb o?ylama!»
O?sha kundan boshlab ikki o?t orasida qoldim. FVVdagilar aytsa, lavha tayyorlab beraman, keyin direktor menga zahrini sochadi: har safar vazirlikdan qo?ng?iroq qildirib, texnika jadvalini buzarmishman.
Ish ko?p, MTRKdan yarim kechasi qaytardim. «Navoiy» metro bekatidan oxirgi poyezd tungi 12:03 da jo?nar, nima qilib bo?lsayam, ulgurishim kerak edi. Bunaqa paytda metroda deyarli odam bo?lmaydi, faqat farrosh xola kattakon shvabrasini perronning u boshidan bu boshiga sudrab yuradi, yana ikki militsioner mudrab o?tiradi. Bekat bo?m-bo?sh, nimqorong?i, ovozlar aks-sado beradi, o?ziga xos hidi bor… Metroning hidini shunaqa yaxshi ko?rardim-ki… Bu uyga qaytish hidi edi. Tonneldan keladigan shamol va yaqinlashayotgan poyezd chiroqlarini aytmaysizmi! U meni yana bir og?ir ish kunidan ozod qilib, erkinlikka olib chiqadigandek tuyulardi. Hammasidan ko?ra shu yoqimli edi.
Mening bekatim – eng oxirgisi. Shuning uchun ba?zan yo?lda uxlab qolsam ham, kerakli bekatdan o?tib ketmasdim. «Beruniy5 – oxirgi bekat. Vagondan chiqayotganda buyumlaringizni unutmang». Shu so?zlarni eshitib, uyg?onib ketardim.
Beruniyda soat tungi o?n ikkidan keyin jamoat transporti qatnamas, Qoraqamishga6 yetib olish uchun taksichilar turgan «pitak»ka kelardim. Oxirgi manzil – Tansiqboyev ko?chasi, to?rt yo?lovchi yig?ilmaguncha, mashina yurmaydi. Men oldingi o?rindiqqa joylashib, sovuq kunlari pechkani yoqishni so?rardim va ryukzagimni quchoqlagancha boshqalarni kutib, uxlab qolardim. Taksi birpasda to?lardi.
Ko?pincha oxirida men qolardim. Haydovchilar har safar: «Tansiqboyevgacha deganding-ku, tush endi!» deb men bilan tortishar, men esa yana ikki yuz metr yurishim kerak edi. Qattiq charchaganimdan «Sal nariroqqa tashlab qo?ying, aka» – deb yalinardim.
Uxlashdan ham ko?ra tezroq ovqatlansam, derdim. O?n ikki yo?lakli uyimiz uzoqdan ko?zimga kattakon bo?lka non bo?lib ko?rinardi. Xayolan ustiga ikki parrak Yusupov pamildoridan qo?yib, tuz separdim.
Ishdan ertaroq chiqsam, trolleybusda ketib, keyin yana ikki bekat piyoda yurardim. Maktabning yonidan shoshmasdan o?tardim, lekin panjara tugab, qabriston devori boshlanganda yugurishga tushardim – atrof vahimali, qop-qorong?i, salgina shitirlagan tovushdan yuragim yorilay deydi. Yugurganim yaxshi.
Oyim qornimni to?ydirish uchun ishdan kelishimni albatta poylab o?tirardilar. Ikki xonali uyda olti kishi – adam, oyim, buvim, ikki singlim va men yashardik.
Biz – bolalar buvim bilan bitta xonada, yerga ko?rpacha to?shab uxlar edik. Buvim menga duo qilishni o?rgatganlar. Har kuni uxlashdan oldin qiladigan duolari xotiramga qattiq o?rnashib qolgan. Ma?nosini tushunmasdim-u, baribir qandaydir xotirjam bo?lib qolardim. Keyin esa o?z bilganimcha, derazaga, yulduzlarga qarab duo qilardim. Xudo eng yorug? yulduz tomonda, u meni aniq ko?rib turibdi, menga yordam beryapti, yaqinda boy, mashhur va baxtli bo?lib ketaman, deb qattiq ishonardim…
Lekin hozircha har kuni ertalab MTRK eshigida sarg?ayib, kimdir meni o?zi bilan olib kirib ketishini poylardim. Menga hatto ichkariga kirish uchun ruxsatnoma ham berilmagan, shuning uchun doim kimningdir etagiga osilib olardim. Sabrim chidamay, ichkariga qo?ng?iroq qilsam, «Davr»ning mas?ul kotibi Dilshod aka menga bobillab berardi: «Qo?ng?iroq qilaverma! Hammaning joniga tegib ketding! O?shatta kutib o?tir!» Mayli, umri uzoq bo?lsin. Lekin shu gaplarni o?qisin, bir paytlar meni hatto ruxsatnomagayam loyiq ko?rmagan edi. Haligacha alam qiladi. Undanam yomoni, maosh beriladigan kuni «Davr»ning hamma xodimlari yetmish ming, yuz ming so?mlab olib, cho?ntagini to?ldirib ketishar, menga esa bir yarim-ikki ming so?m tegardi. Direktorimiz, agar iloji bo?lganida, telestudiyaning tabarruk polini oyoqosti qilganim uchun yonimdan to?lattirarmidi, deb o?ylab qolaman.
Keyin meni FVV matbuot xizmatiga ishga chaqirishdi. Bu hayotimdagi birinchi haqiqiy omad edi. FVV binosi shaharning qoq markazida, hozirgi Senatning o?rnida joylashgandi. Bu vazirlikka kirish ham xuddi MTRK binosiga kirishdek qiyin bo?lgan. Ochig?i, men «Davr»dan hecham ikkilanmay, jon deb ketdim. FVVdan guvohnoma, forma berishdi, bosh mutaxassis lavozimiga tayinlashdi. Qanchalik omadim kelganini xayolga ham keltirish qiyin – men o?sha paytda o?zboshimchalik bilan «zachyotka»ga baho qo?yganim uchun institutdan haydalgandim.
MTRK apparat studiyasida «Soliq xizmati» ko?rsatuvini yozib olish jarayoni.
Men o?qimoqchi bo?lgan O?zMU jurnalistika fakultetiga kirish qiyin, konkurs katta edi. Kirishimga ko?zim yetmadi, tinchgina San?at institutining rejissorlik fakultetiga hujjat topshira qoldim. Rejam oddiy edi – bir yil o?qib, keyin jurfakka «perevod» qilaman. O?qishga kirishdan ko?ra ko?chirish osonroq. Rektorning menga munosabati juda yaxshi edi, ammo ikkita fandan kuzga qoldim. Bittasini-ku, kursdoshim Dilmurod bilan amalladik – baho qo?yib berishga domlani ko?ndirdik. Buyam lekin oson bo?lmadi, chunki xuddi shu odam meni deb dekan o?rinbosari lavozimidan olib tashlangan va oddiy o?qituvchi qilib qo?yilgan edi. Men uning ichib yurishini rektorga chaqib berganman. Shunda ham domla menga yordam berdi. Sahna nutqi fanini esa «yopolmay» qol-dim. O?qituvchi opaxon dam olishga ketibdi. Shu fandan baho olmasam, o?qishni ko?chirib bo?lmas ekan.
Somsaxonada o?rtog?im bilan «zachyotka»larimizga birpas qarab o?tirdik. Men somsadan bir tishlab, daftarchaga «uch» bahoni o?xshatib chizdim. Somsaga qo?shib insofniyam yevorganim yo?q, «besh» emas, «uch» qo?ydim, xolos. Keyin o?rtog?imga ham boplab chizib berdim. O?zimizcha, bu ayolning ham bolalari bordir, bizni to?g?ri tushunsa kerak, taqdirimiz hal bo?lyapti-ku, kelganida hammasini ochiq aytib beramiz, u bizni kechiradi, debmiz. Hujjatlarni topshirdik. Buyog?iga buyruqni kutish qoldi.
Ikkinchi sentabr kuni opaning oldiga bordik. Gapni uzoqdan boshladim: oilada yolg?iz o?g?illigim, ota-onam meni odam bo?lsin deb, ToshDUga7 kirishimni bir umr orzu qilgani…
– Nima demoqchisan? – so?radi Xatira opa.
– Biz o?qishni ko?chirmoqchi edik. Siz dam olishga ketgan ekansiz. Shunga, nomingizdan o?zimizga «uch» baho qo?yib… Uzr endi, opa…
To?g?risini aytsam, Xatira opaning bunchalik jahli chiqishini kutmagandim. Xuddi men «zachyotka»ga baho emas, vasiyatnomasiga qalbaki imzo qo?ygandek, birdaniga portlab ketdi.
– Bu nimasi, Komiljon? Axir bu jinoyat-ku! Noqonuniy ish qilgansiz!
Xatira opa gapirgani sayin nima ish qilib qo?yganimni, qalbaki «uch» arzimagan narsa emasligini tushunib yeta boshladim. U bizni rektorning yoniga sudrab bordi: «Agar bu ikkovini hoziroq institutdan haydamasangiz, men ketaman!» – deb shart qo?ydi. Qattiq turib oldi. Chunki talabaning, ustiga ustak kelajakda mafkurani belgilaydigan talabalarning yolg?onini kechirib bo?lmaydi. Shuncha yalinsak ham, opa ko?nmadi. Ikki oyog?ini bir etikka tiqvoldi. Pul ham, tanish-bilish ham yordam bermadi.
Onamni chaqirtirib, shartta: «O?g?lingiz institutdan haydaldi», – deb e?lon qilishdi. O?sha yerning o?zida hushlaridan ketib qolmasinlar ishqilib, deb qo?rqib turdim.
Oyim bilan Kosmonavtlar xiyobonidan jimgina yurib ketyapmiz. Kayfiyat rasvo. Sekin gap boshladilar:
– Mayli, Komiljon. Bildim, sendan katta odam chiqmas ekan. O?zi rabochiyning bolasi rabochiy bo?lar ekan-da. Hechqisi yo?q, hozir adangning ishxonalariga boramiz, seni o?zlariga yordamchi qilib oladilar. Hunarli bo?lish ham yaxshi narsa. Moshina tuzatib non topasan.
Undan ko?ra, tarsaki tushirganlari ming marta yaxshi edi. Onamning bor umidlari mendan, menga ishonardilar. Men bo?lsam shuni bilib turib, pand berdim.
2002-yil
Mana endi chalamulla talabani vazirlikka ishga olishyapti. Xatira opadan ko?pam xafa bo?lmadim. Bu voqeadan katta saboq oldim, qaysidir ma?noda o?sishimga ham shu sabab bo?ldi. Eng asosiysi, yolg?on ertami-kechmi fosh bo?lishini vaqtida tushunib yetdim. Yolg?onni ichingda saqlab, qachondir oshkor bo?lishidan qo?rqib yashagandan ko?ra, qilmishingga yarasha o?sha zahoti jazo olgan yaxshiroq ekan. Boshida FVV formasida, guvohnomamni ko?tarib Xatira opaning oldiga bormoqchi bo?lib yurdim. «Mana, kim bo?lganimni bir ko?rib qo?ying…», – degim kelardi. Vaqt o?tib, mening kelajagimga aynan Xatira opa turtki berganini tan oldim. U ustozning oldiga anchadan keyin bordim. Nimalarga erishganimni gapirib berdim. Lekin suhbatimiz umuman boshqa ohangda bo?ldi.
U vaqtda esa mendan baxtli odam yo?q edi. Hamma orzularim ushala boshlagan, oldinda meni omadli parvoz kutayotgandek edi.
Bu shiddatli parvoz to?qqiz yil davom etdi. Shuncha yil har bitta ikir-chikirga e?tibor beradigan, talabchan perfeksionistning qo?l ostida jonimni berib, bayram, dam olish nimaligini bilmay ishladim. Yo hammasini qoyil qilib qo?yasan, yoki umuman keraging yo?q. O?shanda bir narsani sezganman – o?zimga dushman orttirishga usta ekanman. Bu «fazilatim»dan umr bo?yi qutulolmadim.
FVV matbuot xizmatida. «Qamchiq» maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi faoliyati haqida reportaj tasvirga olinyapti.
Bir yil ichida FVVning axborot tizimini yaxshigina o?zlashtirib oldim. Mendan doim yangi g?oyalar qaynab chiqar va ular Parpiyevga ma?qul kelardi. Muhimi, men bu g?oyalarni ro?yobga chiqara olardim. Lekin kimdir ishimga aralashsa chidolmasdim, vazir o?rinbosarlari bilan tengma-teng gaplashar edim. Bir yilda ishini qoyil qilib bajaradigan mutaxassis deb hisoblay boshladim o?zimni. Qizig?i, mening hech kim bilan ishim bo?lmasa ham, atrofdagilar nimagadir nuqul mening ishimga aralashar edi. Bu xuddi osh pishirish uchun oshpaz chaqirib qo?yib, keyin uning tepasida turib, «guruchini kam sopsan, yog?ni ko?p quyvoribsan», degandek gap. Indamay, o?ziga qo?yib ber, oldin oshni damlasin, o?xshata olmasa, ana undan keyin tanqid qil! Yo?q, men bir ish qilsam, hamma burnini suqishi shart! Bunga chidolmasdim, shuning uchun Komil Allamjonovni betgachopar, o?jar deb bilishardi. Bir ahmoq yoki tantiq bo?lsam ham mayli ekan, ammo men ishimni qoyillatib bajarardim! Hamma mening «surbetligim» sababini qidira boshladi.
Hatto hukumatdagilar ham o?ylashib gaplashadigan, uncha-munchani yaqiniga yo?latmaydigan, kamgap, odamovi Parpiyev nima uchun bolasi tengi bu yigitchani yetaklab yurganini hech kim tushunmasdi. Oldiniga FVVga ishga oldi, keyin Bojxona qo?mitasiga, undan keyin Soliq xizmatiga. Bu bolaning nimasiga ishonadi? Qarindoshi ekani aniq! Qarabsizki, bu bola generalning jiyani ekan, shuning uchun uni ko?tarko?tar qilyapti, degan mish-mishlar tarqaldi. Bu gaplarga mixday dalil ham topildi, Parpiyev – andijonlik, otasi Marg?ilondan. Mening bobom ham asli farg?onalik. Demak, amaki-jiyanmiz! Vodiyda hamma bir-biriga qarindosh, begonasi yo?q.
Многие люди не понимают, что доверие зарабатывается трудом, а лояльность – хорошим и справедливым отношением. Им даже в голову такое не может прийти, они могут оправдать доверие только родственной связью.
Aslida generalning ishonchiga kirganimning sababi oddiy. U juda qattiqqo?l edi. Yolg?onni, xatoni kechirishi qiyin, soxtalikni yomon ko?rardi. Mening adashishga haqqim yo?q edi. U na shaxsiy hayotim, na bo?sh vaqtim bo?lishini tan olar, o?zi ham tinimsiz ishlar, boshqalarni ham tindirmasdi. Men ham xuddi shunday ishlardim. Qila olmayman, qo?limdan kelmaydi, charchadim, uyga, oyimning oldiga borgim kelyapti, deyishim mumkin emasdi. Uning ishonchini oqlashim shart edi. Buyruqlarini so?zsiz bajarardim, e?tiroz bildirmasdim, erinchoqlik qilmasdim. Botir Rahmatovich professional xodimlarning qadriga yetardi. Shunday ishlaganim, doim unga yoqadigan natijani bera olganim uchun ham meni bir tashkilotdan ikkinchisiga o?zi bilan olib yurar edi. Unga «jiyan» ekanimni keyinroq, «Uzmetronom»dagi 8maqoladan bildi.
Ishonch mehnatning orqasidan, sadoqat esa yaxshi va adolatli munosabat tufayli keladi. Lekin buni ko?pchilik tushunmaydi. Odamlar faqat qarindoshlarga orqa qilish mumkin deb o?ylashadi.
Parpiyev FVVdan ketganidan keyin men ham u yerda uzoq ishlamadim. Lekin bu tashkilotning axborot xizmati saviyasini aynan men yangi bosqichga ko?tardim, deb o?ylayman.
U paytda odamlar FVV haqida hech nima bilmasdi, umuman, qutqaruvchilar borligidan ham bexabar edi.
Boshqarma boshlig?i polkovnik Ergash Ikromov tozalikka katta e?tibor berardi. U boshqarmaga kirib kelganida hovli chinniday bo?lishi, kabinetida isiriq tutatilishi shart edi. Idora hovlisiga har kuni suv sepib, supurib qo?yilar, qutqaruv mashinalari yaraqlab, biror marta ishlatilmagan texnika yap-yangiligicha turardi.
Boshida ishimiz ko?zga ko?rinishi uchun oldin bo?lib o?tgan voqealarni sahnalashtirib, tasvirga oldik. Xuddi kinolardagidek, «jarohatlangan» haydovchilarning yuziga qon o?rniga ketchup surtilardi. Suv toshqinlari, yong?inlarni o?quv mashqlariga o?xshatib uyushtirdik. FVV qanday ishlayotganini ko?rsatish uchun bu qahramonliklarni efirga berdik. Keyinchalik joylarga kamera bilan borib, favqulodda vaziyatlarni jonli tarzda suratga oladigan bo?ldik.
Ko?rsatuv ommalashib, odamlar Qutqaruv xizmatining 050 raqamiga qo?ng?iroq qila boshladi. Qutqaruvchilarning qo?li qo?liga tegmasdi: liftda qamalib qolganlar bormi, quduqqa tushib ketgan mushuk bormi…
Esimda, bir kishi «Jemchug»9 do?koni tepasidagi uyning to?qqizinchi qavatidan o?zini tashlamoqchi bo?libdi. Turli xizmat vakillari yetib keldi, qutqaruvchilar uni zo?rg?a to?xtatib qolishdi. «Odam hayotga bir marta keladi, hali hammasi zo?r bo?ladi», – deb yaxshi gapirib, xuddi Amerika kinolaridagidek rosa to?rt soat nasihat qilishdi. Oxiri amallab ko?ndirishdi. Pastga tushganida esa ketiga boplab tepib, so?kib-so?kib, o?z joniga qasd qilgani uchun jinnixonaga yuborishdi. U shuncha odamning to?rt soat vaqtini o?g?irladi!
Ko?pincha qutqaruvchilarni avariya bo?lgan joylarga, mashina ichida qolib ketgan odamlarni chiqarib olish uchun chaqirtirishar edi. Biz bu vaziyatlarni efirda ko?rsata boshladik. Orada DAN xodimlarining kamchiliklarini ham gapirib o?tadigan bo?ldik. U paytda FVVga vazir qilib Baxtiyor Subanov tayinlangan edi. Oldin Ichki Ishlar vaziri o?rinbosari lavozimida DAN sohasini nazorat qilgan Subanov xuddi sobiq hamkasblaridan o?ch olayotgandek bo?lib qoldi.
Vazir Matbuot xizmati boshlig?i lavozimiga o?zining odamini qo?ydi. Yangi rahbarim menga efirda o?lim holatlarini ko?rsatishni va IIVni tanqid qilishni taqiqladi.
Men esa «xo?p» deb, baribir o?z bilganimdan qolmadim. Nimani lozim topsam, efirga beraverdim. Bu IIV vaziri Almatovga tegib ketibdi. «Sening ko?rsatuvlaringni deb, IIVning boshida kaltak sindi, Prezident apparatidan gap eshitishdi», – deyishardi menga. Toshkent shahar IIBga Allamjonovning ovozini o?chirish buyurildi. «IIBdagilar cho?ntagingga nasha tashlab qo?yib, qamatmoqchi», – degan gap qulog?imga yetib keldi. Odatda yaxshilikcha ko?nmaydiganlarni shunday jazolashardi.
Bir kuni ertalab ishga kelsam, atrof to?la militsiya, Allamjonovni qidirishyapti. Yana janjalning uyasiga tushib qoldim. O?shanda meni polkovnik Ikromov himoya qilib, qutqarib qoldi, shu bolaning hayoti barbod bo?lmasin, dedi. Shundan keyin bir oy uydan chiqmay qo?rqib o?tirdim. DAN xodimlari har kuni haydovchimni to?xtatib, mayda-chuyda ayb topib, boshini qotirishardi.