Оценить:
 Рейтинг: 5

Allamjonov aybdor

Год написания книги
2021
1 2 3 4 5 ... 7 >>
На страницу:
1 из 7
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля
Allamjonov aybdor
Komil Allamjonov

Qo?lingizdagi kitobda mening hali unchalik uzun bo?lma- gan hayot yo?lim aks etgan. Bu badiiy asar yoki monografiya emas. Ushbu kitobni o?qigan yoshlarimiz o?zlariga ozgina bo?lsa-da, motivatsiya olsalar, faqat xursand bo?laman. Xato, kamchiliklarga duch kelsangiz, aybga buyurmaysiz.

Kitob ustida ishlash jarayonida turli fikrlar bo?ldi. Xavotir, shubhalar ham tug?ildi. Biroq shaxsiy fikrimcha, agar ko?ngil toza, maqsad xolis bo?lsa, Allohning O?zi asraydi.

Bunday kitoblar bizning yurtda ham shov-shuvli yangilik emas, odatiy hol sifatida, ko?p bo?lishi kerak. «Kitob o?qi!», deb targ?ib qilsag-u, lekin yangi(cha) kitoblarni chop etishga qo?rqib o?tirsak, o?tiraveramiz. Hayotim davomida ko?p holatda Allohga tavakkal qilib, shu bugungi darajaga yetib keldim. Bu safar ham xuddi shunday qilaman. Nima bo?lsa – peshonadan.

Pandemiya davrida, uyda bekor o?tirganda, shu kitobni yo- zishni Alloh ko?nglimga soldi. Yaxshilikka bo?lsin ilohim.

Komil Allamjonov

Allamjonov aybdor

So?zboshi

Bu kitob nega kerak?

Kitob yozishdan maqsad uchta bo?lishi mumkin. Bundan ikkisi menga taalluqli emas.

Birinchisi – pul ishlash. Menda bunday zarurat yo?q.

Ikkinchisi – qanchalik zo?r ekanimni butun dunyoga namoyish etish. Lekin o?zimizda ham, chet elda ham ko?pchilik meni taniydi, borimcha biladi. Shunday ekan, hech kimni alday olmayman.

Va nihoyat, uchinchi sabab – o?zim istagan insonlarga – o?n beshdan o?ttiz yoshgacha bo?lgan, atrof-olamga qarab turib: «Bu yog?iga nima qilsam ekan? Kun sayin o?zgarib borayotgan jamiyatda qanday yashab ketaman? Orqamda turib beradigan, qo?llaydigan odamim bo?lmasa ham yuzaga chiqa olarmikinman, kimga kerakman o?zi? Orzularim ushalarmikin?» deb o?ylanayotgan yoshlarga muhim fikrlarni yetkazish.

Sizga o?zim haqimda, qanday qilib oyoqqa turganim, hozirgi darajaga yetishimga nimalar turtki bo?lgani haqida gapirib bermoqchiman. Hech narsani nazardan qochirmaslikka harakat qilaman.

Bu kitobni yozishga kirishguncha o?zimni juda omadli deb hisoblardim. Butun umr omad kulib boqqandek tuyulardi. Mana hozir ham, shinamgina uyimda, oilam davrasida o?tirib yozyapman. Muvaffaqiyatli biznesim, qiziqarli loyihalarim bor. Peshonaning yarqiragani shu emasmi?!

Lekin boshimdan o?tgan voqealarni birma-bir eslab, omadim chopgan paytdan ko?ra ishim yurishmagan vaqtlar ko?proq bo?lganini tushundim. Bitta muvaffaqiyatga erishish uchun shunchalik ko?p muammoga duch kelgan ekanmanki, buni yuz foiz omad deb ham bo?lmaydi.

Bilasizmi, onam – doya-hamshira. Doyalarga alohida imtiyozlar berilmagan. Bittagina kafolatlangan qulaylik – farzandlarini o?zi ishlaydigan tug?ruqxonada, ishonchli shifokorlar qo?lida, hamkasb do?stlari orasida dunyoga keltirish. Xullas, men tug?iladigan paytim shuyam o?xshamagan, onamning ishxonasi sanitariya-dezinfeksiya ishlariga – «moyka»ga yopilib qolgan.

I

Vazir keldi

Go?dakligimda kattalarning oyog?i ostida o?ralashib, injiqlik yoki sho?xlik qilsam, buvim doim: «Uni tinch qo?yinglar, urishmanglar. Bu bolam ministr bo?ladi», – derdilar.

U vazir bo?ladi.

Nega unday deganlarini bilmayman. Buvimning fikricha, oilamizda mendan boshqa hech kim ministr bo?lolmasdi. Avtoslesar bilan hamshiraning o?g?li bir kun kelib obro?-e?tiborli, katta odam bo?lishini xayolga ham keltirish qiyin edi.

Oyimni savolga tutaman. Ular ham buvim nega bunday deganlarini bilmaydilar.

Mana endi, oradan o?ttiz yildan ko?proq vaqt o?tib, O?zMAA1 binosining xolida turibman. Ministr bo?lib. O?zbekiston Мatbuot va axborot agentligining direktori maqomiga ko?ra vazir hisoblanadi. Kattagina binoning birinchi qavati. Devor, shiftlari to?kilay deydi, pollari chirib yotibdi, hamma yoq vayrona, chiqindi. Hatto vazirning, ya?ni mening xonamdan kanalizatsiyaning badbo?y hidi anqiydi. Stalin davridan qolgan bu eski imorat oxirgi marta qachon ta?mirlanganini birov eslolmaydi.

Binodagi besh yuzdan ortiq xonaning deyarli hammasini ijarachilar egallab olgan. Xotin-qizlar qo?mitasi, qaysidir partiyalar, qandaydir nashriyotlar, tadbirkorlar va yana kimlardir. Ichki hovlida mashinalar tiqilib ketgan. Hech kim menga ahamiyat bermaydi, odamlarning unisi u yoqqa, bunisi bu yoqqa o?tib yuribdi. Ikkinchi qavatning chap qanotidagi kaftdek joy – mana shu O?zMAA.

Meni jamoaga tanishtirish uchun Bosh vazir o?rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo?chqorov keldi. Tanishtirdi-yu jo?nab ketdi. Majlislar zaliga tipografiyalarning yoshi o?tib qolgan direktorlari, boshqarma boshliqlari yig?ilgan. Har biri bu tizimda salkam yarim asr – Sovet Ittifoqi davridan beri ishlab keladi. O?sha lahzada menga bo?lgan munosabatni aniq his qildim: go?yo xonaga yosh bola adashib kirib qolgan-u, buvisi mehr bilan: «Bolamni urishmanglar, u vazir bo?ladi», deyayotgandek. Xonadagilar menga parvo qilmay, o?zaro gaplashib o?tirishibdi. Eshikdan kirib kelgan yoshgina ko?zoynakli yigitchaga e?tibor qaratgandan ko?ra, yonidagi obro?li hamkasbining suhbati muhimroq ular uchun.

Maosh tarqatish vaqti kelib qolgan, O?zMAA hisob raqamida esa 18 million so?m pul bor edi. Bosh buxgalterni chaqirtirdim. Nima qilamiz? Pul qani? Qanday ishlardinglar o?zi?

– Xavotir olmang, Komil Ismoilovich, tipografiyalar bizga oborotidan 2% o?tkazsa, maoshni yopamiz.

Bu haqda to?liqroq ma?lumot berishni so?rab, o?zim uchun qiziq narsalarni bilib oldim. To?g?ri, tizimdagi hamma tashkilotlar O?zMAAga bo?ysunadi. Ya?ni mantiqan olganda, ular bosh idoraga gap-so?zsiz mablag? o?tkazishi shart. Ammo hech qachon bunday bo?lmagan. Bosh hisobchi har oy xodimlarga maosh to?lash vaqti kelganda: «Iltimos, bizga mablag? o?tkazib bering», – deb yalinishga tushadi. Va har gal: «Imkon tug?ilsa, beramiz. Bo?lganda olasizlar», – degan kibrli javobni eshitadi.

– Komil Ismoilovich, ularni ko?ndiraman, shu paytgacha amallab kelganmiz, – dedi hisobchi meni «yupatib».

Demak, beshta nashriyot: «O?zbekiston», «O?qituvchi», «G?afur G?ulom», «Cho?lpon» va «O?zbekiston milliy ensiklopediyasi» oldin o?zini taroziga soladi. Oxiri rahbariyatning iltimosini bajargan bo?lib, pul o?tkazadi, xuddi ehson qilgandek.

– Unaqasi ketmaydi, – dedim.

– Iya, Komil Ismoilovich, sohaning kitlari-ku ular! Qo?ying, aralashmang, o?zim hal qilaman.

Bosh hisobchi yillar davomida quyi tashkilotlardan tilanib pul undirishni oddiy hol deb kelgan. U o?zicha meni bu yoqimsiz jarayondan asramoqchi bo?ldi.

Men O?zMAAga bo?ysunadigan barcha tashkilotlar rahbarlarini katta umumiy majlisga chaqirtirdim. Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori o?sha zahoti ishi ko?pligi, kelishga vaqti yo?qligini aytdi. «Qarshi bo?lmasangiz, keyin o?zingizga alohida uchrarman, maylimi, Komiljon?»

Men belgilangan vaqtda keldim. Vazir kursisiga o?tirdim. Odamlar xonaga kirib chiqib, u yoqdan bu yoqqa yurishibdi. Meni bir tiyinga olishmayapti, xuddi bu yerda umuman yo?qdekman. Indamay, sabr qilib turdim. Oxiri chidolmadim:

– Marhamat qilib o?tirib olinglar. Boshlaymiz. Bir-birimizni ozgina hurmat qilaylik.

Hamma joylashib oldi. Menga yov qarash qilib o?tirishibdi, suhbatning beliga tepdim-da! Eng gigant nashriyot – «O?zbekiston»ning direktorini turg?izdim.

– Qani, gapirib bering-chi, ishlar qanday ketyapti?

– Agar men gap boshlasam, bu yerda ertalabgacha o?tiramiz, – javob berdi u mensimaygina.

– Kerak bo?lsa, o?tiramiz, – dedim men. – Boshlang.

Bu haqda hozir gapirish oson, lekin tartib o?rnatishning o?zi bo?lmadi. Ishni O?zMAA direktori nomidan binoda o?tirgan barcha ijarachilarga xat yozishdan boshladim: «Tez kunda egallab turgan xonangizni bo?shatishingizni so?rayman».

Ijara to?lovining sharti oddiy ekan: Agentlik hisob raqamiga arzimagan mablag? o?tkaziladi, qolgan pul naqd beriladi. Xomcho?t qilib ko?rdim. Oyiga ellik ming dollardan ko?proq pul kelib turgan. Shuncha pul qayoqqa ketgan, bilmayman. Bosh ofisga pul tushadimi, yo?qmi, hech kimni qiziqtirmagan. Bino esa xarobaga aylanib bo?lgan.

Menga bu pulning keragi yo?q edi. Qo?l ostimdagilar sal hayron bo?lishdi. To?g?ri, biznes bilan shug?ullanishimni, o?zimga yarasha daromadim borligini hamma biladi, lekin pul hech qachon ortiqchalik qilmaydi-ku!

Tabiiyki, «Ijarachilarga tegmang», degan iltimoslar yog?ila boshladi. Hech kim issiq o?rnini yo?qotgisi kelmasdi. Yuqoridan, vazirlik va idoralardan qo?ng?iroq qildirib, yangi direktorga bosim o?tkazishga harakat qilishdi. Faqat Xotin-qizlar qo?mitasining o?sha paytdagi raisi Tanzila Kamolovna2, ular uchun ajratilgan yangi binoning qurilishi hali oxiriga yetmagani, ozgina vaqt berilsa, bir yo?la ko?chib chiqib ketishlarini tushuntirdi. Ularning so?zini ikki qilolmadim. Qolganlarga qattiq turdim. Bino – bizniki, xodimlarimga sharoit yaratib berishim kerak. Ichki hovli yopildi, uyum-uyum axlat chiqarib tashlandi, xonalar, xoll, yo?laklar ta?mirlandi. Bularning hammasi kimning hisobidan bo?lganini gapirishga hojat yo?qdir-a?! Bino ta?miri oilaviy biznesimga qimmatga tushdi, oldinda esa hali ish ko?p edi.

Esimda, tadbirlardan birida Bosh vazirning birinchi o?rinbosari Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov3 bilan uchrashib qoldik. Hozir nima ishlar bilan bandligimni so?radi. O?zMAAni boshqarayotganimni aytdim.

– Nima tashkilot edi u, eslatib yuboring? – so?radi Ramatov.

O?zMAA shu darajada bor-yo?qligi bilinmaydigan, mudroq tashkilot bo?lganki, hatto Bosh vazirning birinchi o?rinbosari bu Agentlikni birdaniga eslolmadi. Tashkilot rahbarlari Vazirlar Mahkamasi yig?ilishlariga deyarli chaqirilmagan. Direktorini faqat «baxt maktubi» olib turgan gazetalarning muharrirlarigina tanigan – uni olib tashla, buni tahrir qil… Faqat bir marta, janob Tangriyev4 «ma?naviyatga zarar yetkazganlar»ga (uning nazarida, albatta) qarshi O?zA orqali ayovsiz kurash e?lon qilganida, uning dongi hamma yoqqa tarqaldi.

Ammo mening oldimda turgan eng asosiy masala binoni ta?mirlash emas, Agentlik direktorining nufuzini ko?tarish edi, albatta. Xo?p, buning uchun nima qilish kerak? Mansab guvohnomasini pesh qilib, atrofdan izzat-hurmat kutish befoyda. Yaxshisi, jang san?ati qoidalarini qo?llagan ma?qul. Birinchi navbatda asosiy raqibni, kim boshqalarga ta?siri, so?zini o?tkazishini aniqlab, zararsizlantirish shart.

Xodimlarni attestatsiyadan o?tkazib, bir kun ichida bir necha kishini ishdan bo?shatdim. Keyin butun jamoa oldida Monitoring markazi direktori Xurshid Mamatovni lavozimidan oldim. Aynan uning guruhi
1 2 3 4 5 ... 7 >>
На страницу:
1 из 7