Viktorina o?tkazildi, «Nestle» kofelari tarqatildi. Xullas, prodyuser degan nomimni oqladim.
Faqat kimdir «Nestle» zontigini o?marib ketibdi. Oyimga qo?ng?iroq qilib, shuniyam yetkazishdi. O?rniga o?zlarining soyabonlarini ko?tarib kelibdilar. Yo?qolgan zont egalari matohlari qanchayam dollar turishini aytishdi. Onam dollarda oldi-berdi qilib yurgan bo?lsalar ham mayli ekan.
Men «Nestle» direktoridan qarzimizdan kechishini yalinib so?radim. O?shanda nega bizni kechirganini bilmayman. Ko?ziga judayam ayanchli va rostgo?y ko?ringan bo?lsam kerak-da. Konsertdan tushgan foydani o?rtog?im va sherigim Sardor bilan sovurib yubordik. Eng zo?r ko?zoynak, krossovkalar sotib olib, o?zimizni xuddi ommaviy tadbirlar direktorlaridek tuta boshladik. Oyimga bo?lsa olgan o?n mingimdan ming so?mgina qaytardim, orttirganim shu bo?ldi.
Baribir konsert chiroyli o?tdi. Shu sakkiz yuz kishilik tadbirni o?tkaza olganimiz ham bir omad, deb o?ylayman. Yaratganning qo?llagani bu. Agar qo?shiqchilar kelmaganida, bilmadim nima bo?lardi, sahnaga o?zim chiqib ketarmidim…
Bizning yoshligimizda biznes qilish bir avantyura, g?irt tavakkalchilik edi. Hozir bo?lajak tadbirkorlarga aniq, har tomonlama puxta biznes-reja tuzishni, pul bilan imkoniyatlarni chamalashni, bozor va raqobatchilar ishini tahlil qilishni o?rgatishadi. U paytda esa biz ishni oldi-orqamizga qaramay boshlab yuborardik. Tayinli bir rejaning o?zi bo?lmasdi. Xuddi eshkaksiz qayiqqa o?tirib olib, oqim qaysi tomonga olib ketsa, manzilimiz shu ekan, deb ketayotgan sayohatchilarga o?xshardik. Pul topish uchun nima qilish kerakligini keyinroq tushuna boshladim. «Soliq-info» loyihasi ana shunday paydo bo?ldi.
1 «Radio Peydj Semurg» – peyjing kompaniyasi.
IV
Soliq-info
Karimov davrida hamma muharririni taniydigan, ismini biladigan yagona mustaqil sayt «Uzmetronom» edi. Biz har kuni proksi serverlar orqali kirib, Sergey Yejkovning «Tahririyatga xatlar» deb taqdim etadigan insayder yangiliklarini o?qirdik. Ammo men o?shandayoq bu maqolalarning so?z erkinligiga umuman aloqasi yo?qligi, shunchaki o?ch olish quroli ekanligini tushunganman.
Karimovning qabuliga kirmoqchi bo?lganlarga arzirli sabab kerak edi. Shuning uchun «Uzmetronom» xabarlarini qog?ozga chiqarib, «Matbuotda mana nimalar berilyapti…» degan bahona bilan kirishardi. «Matbuot» esa kimga buyurtma tushsa, o?shaning ustidan mag?zava ag?darardi. Mening familiyam bu saytning doimiy «bezagi» bo?lgan. Sergey Aleksandrovich qo?ygan har bir qadamim haqida ma?lumot berardi va xabarni chiroyli badiiy to?qimalar bilan qorishtirishni boplardi. Maqolalarini qoyilmaqom qilib yozardi-yu, lekin faktlari ancha bo?sh bo?lardi. Gapi ishonarli chiqishi uchun oz-moz haqiqat ham aralashtirib qo?yardi, albatta.
Meni «Parpiyevning jiyani»ga chiqargan va bor yutuqlarimni (buni ko?proq muvaffaqiyatsizlik degan bo?lardim) qarindosh-urug?chilikka yo?ygan aynan shu odam bo?ladi.
U «Soliq-info»ga majburiy obuna uyushtirilganini qoralab maqola yozgan va tagida shunday izoh qoldirgan edi: «Yurtimizda «Soliq va bojxona xabarlari» gazetasi bor-ku, yana bitta gazetaga nima hojat?» Muallif faqat bir masalaga aniqlik kiritishni unutgandi. «SBX» – xususiy nashr. Bu gazeta ham u paytga kelib, xo?jalik hisobiga o?tgan «Pravda Vostoka», «Xalq so?zi», «Postda» va boshqa barcha davlat nashrlari kabi majburiy obuna hisobiga kun ko?rardi. Respublikaning deyarli 99% nashri majburiy obuna orqali tarqatilardi. «Soliq-info» ulardan biri edi, xolos. Lekin hamma «olqishlar» faqat mening boshimga yog?ildi. Vaholanki, men qonunni buzmagandim. Qolgan nashrlarning egalari bir chekkada muloyimgina bo?lib turishdi. O?sha davrda holat bunday edi: senzura kuchli, so?z erkinligi yo?q, gazetalar o?qishli emas, hech kim sotib olmaydi. Lekin barcha nashrlarning yopilib ketishiga ham yo?l qo?yib bo?lmaydi. Shuning uchun davlat o?zi bosh-qosh bo?lib, deyarli barcha gazetalarga obunani tashkil qilib berardi.
Shaxsan men buni noto?g?ri deb hisoblayman. Administratsiya rahbari o?rinbosari qilib tayinlanishim bilan majburiy obunaga chek qo?yish haqida buyruq berdim. Gazetalarga raqamli texnologiyalardan foydalanib, dijital marketingga o?tishni va bozor iqtisodiyotiga moslashishni taklif etdim. «Soliq-info»ni ham yopdim.
2008-yil
«Soliq-info» o?zi qanday paydo bo?ldi? Parpiyev bir necha marta «SBX» gazetasining muassisi Mixail Markovich Perperga gazetani tuzukroq chiqarish, sifatli qog?ozda, ranglarini tiniq qilib chop etish kerakligini gapirgan. Haqiqatan, gazetaning qog?ozi o?ta arzon, ko?rinishi talabga javob bermasdi. Mixail Markovich har safar «xo?p», deb, yana o?z bilganini qilardi. DSQ raisiga yoqmagani uchungina gazetaning tannarxini oshirishdan ma?no yo?q, deb hisoblar edi.
Perper raisning aytganini qilavermagach, Parpiyev navbatdagi xizmat yig?ilishida hammaning ichida mendan: «Gazeta chiqarish qo?lingdan keladimi? – deb so?radi. – Qog?ozi ham, bosmasi ham sifatli bo?lishi, foydali ma?lumotlar bilan boyitilishi kerak.»
Albatta qo?limdan keladi! Soliq qo?mitasida bir dunyo ma?lumot bo?lsa! Buxgalterlardan doimiy savollar kelib turar, soliq inspektorlari ularning har bittasiga alohida yozma javob berishardi. Bu javoblar esa hamma uchun foydali edi.
Ammo bitta muammo chiqib qoldi. «SBX»ni barcha davlat tashkilotlari buxgalterlari olishlari shart edi. Bizning gazeta ham o?zini qoplashi uchun obunani yo?lga qo?yishimizga to?g?ri kelar ekan.
– Hal qilamiz, – dedi rais. – Asosiysi, gazetani yaxshi, foydali, sifatli tayyorlang! DSQning rasmiy bosma nashri bo?ladi.
Shu joyida bir gap aytay. «Soliq-info»ning ixtiyoriy xaridorlari ham ko?p edi. Gazeta buxgalterlarga ma?qul keldi, ularning doimiy ish quroliga aylandi. Ular, ya?ni «Soliq-info»ga o?z xohishi bilan obuna bo?lganlar haqida hech kim bilmaydi. Lekin DSIning1 «obuna bo?lish shart» degan qo?ng?iroqlaridan norozilar hamma yoqqa shov-shuv ko?tardi.
Eng birinchi ofisimiz yerto?lada joylashgandi. Gazeta chiqarish – murakkab jarayon. Qiziqarli material to?plashning o?zi yetarli emas. Gazetani sahifalash, chop etishning sir-asrorini ham bilish kerak.
Biz Rossiyaning shu yo?nalishdagi hamma nashrlarini o?rganib chiqdik. Gazetani rosmana qo?llanmaga aylantirsa bo?lar ekan, unda interaktiv – buxgalterlar bilan muloqot, savol-javoblar berib borishimiz shart, degan xulosaga keldik.
«Soliq-info»ni har tomonlama «SBX»dan yaxshiroq qilib chiqarishga harakat qildik. Seminarlar o?tkazib, muammoli masalalarni ko?tarardik. Viloyatlarga ham borganmiz. Soliq sohasidagi mutaxassislar bilan butun mamlakatni aylanib chiqqanmiz. Tadbirkorlarni yig?ardik, ular savollariga professional ekspertlardan to?la-to?kis javob olishardi. Qisqasi, shu ishga jon-jahdimiz bilan kirishib ketdik.
Biz uchun gazetaning jonli bo?lishi muhim edi. Har bir ruknni davomli yuritishga erishdik va bu o?zini oqladi. Mavzular sondan songa kengroq yoritib berilar, natijada, o?quvchilar davomini kutardi.
So?rovnomalar o?tkazib, u yoki bu muammo bo?yicha tadbirkor va buxgalterlarning fikrlarini o?rganib chiqqanmiz. Ijtimoiy tarmoqlar paydo bo?lganida, biz ulardan birinchilardan bo?lib foydalana boshladik.
Maqolalarni o?zimizda ishlaydigan soliq maslahatchilaridan tashqari Moliya vazirligi va Soliq qo?mitasi mutaxassislari tayyorlar, gazetada jurnalistlar deyarli yo?q edi. Dolzarb mavzularni ko?tarishga, tezkor ma?lumotlar berishga harakat qilardik. Bugungi kun tili bilan aytganda, biz yangiliklarni yaratayotgan edik.
Dadil ayta olamanki, «Soliq-info» tufayli buxgalterlarning tushunchasi o?zgara boshladi, kasbiy malakasi oshdi. Gazeta DSQning rasmiy nashri bo?lgani uchun buxgalterlar juda katta mablag?larni tejashga, soliq sohasida huquqbuzarlikning oldini olishga, umuman, soliq tizimini optimallashtirishga yordam beradigan eksklyuziv axborotlardan foydalanish imkoniga ega bo?ldilar. Ayni paytda mutaxassis konsultant yollashga hojat qolmadi, chunki gazetaning o?zi eng yaxshi maslahatchiga aylandi.
Boshida gazeta faqat rus tilida nashr etilardi, keyinroq o?zbek tilida ham chiqara boshladik. Shtat 40 nafar xodimgacha kattalashdi. Ofisni Soliq qo?mitasi qoshidagi sport majmuasiga ko?chirdik. Tahririyatimiz ancha oyoqqa turib oldi.
«Soliq-info» gazetasi majlislar zalida.
G?oya va takliflar berib, jamoani yo?naltiradigan asosiy tashkilotchi men edim. Xodimlarning qornini to?ydirish, ularni munosib maosh bilan ta?minlash ham mening vazifamga kirardi. Juda ahil jamoa yig?ildi. Bayramlar, timbildinglar uyushtirar, hatto basseynga birga borardik. Rosmana bir oilaga aylanib qolgan edik.
Men yaxshi rahbar edim va bu menga qimmatga tushdi. Meni bir me?yorda, xotirjam yashashga qo?ymaydigan omad cho?qqisining navbatdagi pog?onasi bo?ldi bu.
Xodimlar shefning tug?ilgan kuniga syurpriz tayyorlashibdi. «Soliq-info» gazetasining maxsus menga atalgan sonini bittagina nusxada, lekin xuddi rostakam gazetaga o?xshatib, maxsus qog?ozda chiqarmoqchi bo?lishibdi. Tipografiyadan: «Ofsetni bir nusxada bosmadan chiqarib bo?lmaydi, kamida ming nusxa bo?lishi kerak», – degan javob kelgan. Mingta bo?lsa, mingta-da. Qolganini o?zimiznikilarga tarqatamiz, esdalik bo?lib qoladi, undanam ortsa, omborda joy ko?p… Qo?l ostimdagilar o?rtaga pul tashlab, maxsus sonni chop etishgan. Birinchi betda kattakon suratim, tagida sarlavha: «2017-yil: Komil Allamjonov hayotida nimalar sodir bo?ldi?» Gazeta sahifalari boshidan oxirigacha o?ttiz uch yoshimgacha erishgan yutuqlarim bilan to?ldirilgan.
Вы ознакомились с фрагментом книги.
Приобретайте полный текст книги у нашего партнера: