Оценить:
 Рейтинг: 0

Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma

<< 1 2 3 4 >>
На страницу:
3 из 4
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

Quyida UNO Arduino platasiga drayverlarni o‘rnatish usuli va ssilkasi keltirilgan.

*Drayverov tanlash va o‘rnatishda etiborli bo‘ling

Windows uchun o‘rnatish

Windows operatsion sistemali kompyuterga drayverlarni o‘rnatish qo‘llanmasi

uchun qo‘yidagi ssilkaga kiriladi.

http://arduino.cc/en/Guide/Windows

Macintosh OS X uchun o‘rnatish

Mac OS uchun qo‘shimcha drayverlarni o‘rnatish talab etilmaydi. Qo‘yidagi ssilkaga kirib qo‘yish maqsadga muvofiq.

http://arduino.cc/en/Guide/MacOSX

Linux: 32 bit / 64 bit uchun o‘rnatish

Linux operatsion sistemali kompyuterga drayverlarni o‘rnatish qo‘llanmasi uchun qo‘yidagi ssilkaga kiring.

http://www.arduino.cc/playground/Learning/Linux

IDE Arduino programmalarining interfeysi: kompyuteringizdagi o‘rnatilgan IDE Arduino muhitini programmalashtirish oynasi 2.2—rasmdagidek bo‘ladi. IDE Arduino muhitini programmalashtirish interfeysi bilan tanishaylik. Programma yuklab olingandan so’ng Arduino platasi tanlanadi. Buning uchun plata USB kabel orqali kompyuterga ulanadi 2.3-rasm.

2.2-rasm. IDE Arduino muhitini programmalashtirish oynasi

2.3-rasm. USB kabelni kompyuterga ulanash

2.4-rasm. Arduino Nano platasini tanlash

«Инструменты» ga kirilib, kursor orqali «Плата» kiriladi va kerakli Arduino platasi (2.4-rasm) tanlanadi.USB kabel uchun CH340G drayveri yuklab olinadi.

«Инструменты» ga kirilib, kursor orqali «Пort"ga kiriladi va kerakli port (2.5-rasm) tanlanadi.

2.5-rasm. Arduinoda portni tanlash

2.6-rasm. Arduinoda COM 7 portni tanlash 2.7-rasmda Loyihalarni ishlatish uchun Arduino IDE menyusidagi uchta asosiy buyruqlar keltirilgan

2.7-rasm. Arduino IDE menyusidagi uchta asosiy buyruq

3.BOB. ARDUINOUNO PLATASI VA BUTLOVCHI MATERIALLAR

3.1. Elektr zanjirlar, butlovchi jihozva radiodetallar

Arduino platasida sxema tuzish va programma yozib, loyihani ishlatish uchun butlovchi material va radiodetallar bilan tanishish zarur. Tanishish uchun oddiy elektr zanjirini ko‘rib chiqaylik.

3.1-rasm. Elektr zanjiri

Elektr zanjiri – bu uzliksiz yo‘l bo‘lib, elektr toki boshlang‘ich holatdan oxirgi nuqta, masalan plyusdan minus tomon oqadi. Elektr zanjiri rezistorlar, diodlar, tranzistorlar mikrosxemalar, motorlar va boshqalardan iborat. Sxema yuqoridagi ko‘plab elemenlarda iborat. Odatda sxema uchta kotegoriyaga – analog sxema, raqamli sxema va aralash signalli sxemalarga bo‘linadi. Ushbu qo‘llanmada keltirilgan uchala sxemadan foydalanamiz.

Hayotimizda elektron sxemalardan keng foydalanamiz. Qo‘l telefoni, kompyuter, noutbuk va boshqa qurilmalar elektr zanjir hamda elektron sxemalardan iborat. O‘quv qo‘llanmada bir qator tajribalar uchun sxemalar va elektron komponentlarning ishlash prinsipi keltirilgan. 3.2-rasmda Elektr zanjirlarining qo‘llanilishi keltirilgan.

3.2-rasm. Elektr zanjirlarining qo‘llanilishi

3.2-rasm. Elektr zanjirlarining qo‘llanilishi

3.2-rasm. Elektr zanjirlarining qo‘llanilishi

3.3-rasmda Arduinoda keng qo’llaniladigan asosiy butlovchi detallar-ulovchi simlar, LED svetodiodlari, rezistorlar, potensiometr, diod, fotorezistor, tranzistor, yetti segmentli element, knopka, servo motor, rele, ultrasonik, maket platasi va boshqalar keltirilgan (3.7-rasm).

3.2. Arduino va maket platasi

3.4 va 3.5-rasmlarda SMS va DIP komponenti asosida Arduino UNO platasi keltirilgan. 3.6-rasmda Arduino UNO platasining portlari ko’rsatilgan.

3.4-rasm. SMS komponenta asosida Arduino UNO platasi

3.5-rasm. DIP komponenta asosidagi Arduino UNO platasi

3.6 – rasm. Arduino UNO portlari

3.7-rasm. a) Maket platasining umumiy ko‘rinishi

3.7-rasm. b) ichki tamondan ko‘rinish

3.4 va 3.5-rasmlarda SMS va DIP komponenti asosida Arduino UNO platasi keltirilgan. 3.6-rasmda Arduino UNO platasining portlari ko’rsatilgan.

4.BOB. ARDUINO PLATFORMASI ASOSIDAGI LOYIHALAR

4 – bobda Arduino platasi bilan ishlovchi o‘ndan ortiq loyihalarning sxemasi, butlovchi jihoz va radiodetalar, programmani yuklash hamda ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

4.1-rasmda loyiha sxemasini yig‘ish, programma yozish va yuklash jarayoni ko’rsatilgan.

4.1-rasm. Sxemani yig‘ing, programma yozing va yuklang

4.1. ARDUINO VA MILTILLOVCHI SVETODIOD

LED inglizchasiga (light-emitting diodes) bo‘lib, o‘zbekchasiga yorug‘lik diodi, ko‘plab qurilmalarda qo‘llaniladi. Arduino UNO asosida birinchi miltillovchi yorug‘lik diodi asosida tajribani ko‘rib chiqamiz. Ko‘p loyihalarni bajarish mumkin bo‘lgan Arduino UNO platasida yorug‘lik diodini vaqt bo‘yicha miltillashini tajribada bajaramiz. Tajriba uchun detallarni tanlaymiz va ishga kirishamiz. 4.2, 4.3, 4.4, 4.5 – rasmlarda birinchi tajribaning prinsipial sxemasi, radiodetallarning joylashishi, sxemaga detallarni ulanishi keltirilgan.

4.2-rasm. Birinchi tajribaning prinsipial sxemasi

4.3-rasm. Birinchi tajriba uchun radiodetallar

4.4-rasm. Birinchi sxemada radiodetallarning joylashishi

4.5-rasm. Birinchi sxemaga detallarni ulanishi

Birinchi tajriba uchun programma:
<< 1 2 3 4 >>
На страницу:
3 из 4