Оценить:
 Рейтинг: 0

Arduino platformasi va elektron ijodkorlik. O’quv qo’llanma

<< 1 2 3 4
На страницу:
4 из 4
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

pinMode (13, OUTPUT);

Portlarning biridan foydalanish uchun Arduinga INPUT (kirish) yoki OUTPUT (chiqish) ni e’lon qilishda pinMode () funksiyasidan foydalanamiz.

digitalWrite (13, HIGH);

Chiqish sifatida portni ishlatish uchun, unga HIGH (5 Volt), yoki LOW

(0 Volt) buyruqni berish kerak.

Arduinoda svetodiodni yoqish uchun dastur:

void setup () {

pinMode (7, OUTPUT); // 7-pinni chiqish sifatida e`lon qilish

}

void loop () {

digitalWrite (7,HIGH); //Svetodiodni yoqing

delay (1000); //1 soniya kuting

digitalWrite (7,LOW); //Svetodiodni o`chiring

delay (1000); //1 soniya kuting

}

Natijada nimani ko‘ramiz:

Arduinoga programma kodni yuklaganimizdan so‘ng yorug‘lik diodini miltilashini ko‘ramiz. Agar qurilma ishlamasa sxema va programma to‘g‘ri yuklanganligini tekshiring va xatolikni toping va yana bir ishlatib ko‘ring.

Ehtimol bo‘lgan nuqsonlar:

Yorug‘lik diodi yonmayapti?

Yorug‘lik diodi plyus va minus qutbga ega bo‘ladi, shuning uchun uni 180 gradusga o‘zgartirib ko‘ring.

Programma yuklanmayapti:

Ayrim paytda kompyuterga ulangan port noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunda Servis> Posledovatelnыy port> ni ko‘ring.

Hamon ishlamayapti.

Sxema noto‘g‘ri yig‘ilgan, yorug‘lik diodi ishdan chiqqan, programma noto’g‘ri yuklangan. Barchasini tekshiring va yangidan sxemani yig‘ing. Sxema ishlaydi.

Hayotda qo‘llanilishi:

Barcha televizorlar va monitorlarda yorug‘lik diodi, ularni ulangan yoki o‘chiqligini ko‘rsatuvchi indikator sifatida foydalaniladi (4.6-rasm).


Вы ознакомились с фрагментом книги.
Приобретайте полный текст книги у нашего партнера:
<< 1 2 3 4
На страницу:
4 из 4