Оценить:
 Рейтинг: 0

LaTeX ga kirish. Darslik

Год написания книги
2022
<< 1 2 3 4 5 6 7 8 ... 19 >>
На страницу:
4 из 19
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

Rasm 2.6. Hujjatni natijasini ekranda ko’rish instrumenti.

Ekranni ko‘rish maydonida quyidagi xosil bo‘ladi:

Rasm 2.6. Hujjatni natijasini ekranda ko’rinishi.

2.2.2. Matnni o‘zgartirish

Hujjat matnni o’zgartirish texnologiyasi juda sodda. Hujjat maydonida hujjatdagi matnni quyidagicha o’zgartiramiz:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

Салимов бугун келди

\end {document}

Yuqoridagi singari programma kompanovkalab interfeys yordamida xosil bo‘lgan matnni ko‘rish tizimi ishga tushirilsa,

Ekranni ko‘rish maydonida quyidagi xosil bo‘ladi:

Rasm 2.7. Yangi o’zgartirilgan hujjatni natijasini ekranda ko’rinishi.

2.2.3. Matnni o‘zgartirish texnologiyasi

Yangi matnni matn o’rniga quyidagicha kiriting:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди

\end {document}

Yuqoridagi singari programma kompanovkalab interfeys yordamida xosil bo‘lgan matnni ko‘rish tizimi ishga tushirilsa, ekranni ko‘rish maydonida quyidagi xosil bo‘ladi:

Rasm 2.8. Yangi o’zgartirilgan hujjatni ekranda ko’rinishi.

LaTeX ni birlamchi varianti kompyuterga o‘rnatilgandan keyin, tizimga birlamchi variant tarkibida bo‘lmagan buyruqlar kiritilsa, tizim ularni zaruriy dasturiy paketlarini internetdan qidirib o‘rnatib oladi (kompyuter internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak).

LaTeX tizimida hujjat tayorlash jarayonida xotirada quydagi fayllar hosil bo’ladi va jarayonda ishtirok etdi:

.log – fayl protokoli; kompilyatsiya bilan bog’liq barcha ma’lumotlar ushbu faylga yozilgan.

.aux – o’zaro bog’liqlik ma’lumotlari;

.toc – fayllar tarkibi;

.lof – tasvirlar ro’yxati;

.lot – jadvallar ro’yxati;

.bbl – BibTEX dasturi yordamida yaratilgan bibliografiya;

.Ind – MakeIndex dasturi tomonidan yaratilgan mavzu ko’rsatkichi

Nazorat savollari

1. Yangi hujjat qanday hosil qilinadi?

2. LaTeX da hujjat qanday nomlanadi?

3. Hujjatni redaktorlash qanday amalga oshiriladi?

4. Hujjatni yuklash tizimini tushintiring.

Topshiriqlar

1. TeXMaker dasturini ishga tushiring va \documentclass {article}, \begin {document} va \end {document} buyruqlari asosida ixtiyoriy besh qator lotin alifbosidagi matnni kiriting, ma’lim nom bilan saqlang va kompanovka qilib jarayonni borishini kuzating.

2. Kiritilgan matnga o’zgartirish kiritib qayta kompanovka qilib jarayon borishini kuzating.

3. Matn tarkibidan \end {document} buyrugini o’chirib tashlang va kompanovka jarayonida kuzatiladigan xatolikni tahlil eting.

4. Xar bir xolatda hujjat natijasini pdf formatda ekranda kuzating.

5. TeX Live, MiKTeX va. Tavsifini toping

6. MacTeX. Quyidagi tarqatishlardan qaysi biri sizning shaxsiy kompyuteringizning tizim talablariga javob beradi?

7. TeXstudio, TeXworks tahrirlovchilarining imkoniyatlarini o’rganing,

8. WinEdt, Sublime Text 3. Ularning qaysi birida vizual elementlar amalga oshiriladi?

2.3. Matnlarni qayta ishlash

2.3.1. Ishlanmani xajmini boshqarish

Ishlanmani xajmini ortib ketishini oldini olish maqsadida jujjatni tayyorlashda kiritilayotgan o‘zgarishnigina ko‘rsatib o‘tamiz. Hujjatni o‘zgarishsiz qolgan boshlang‘ich qismini matnda ko‘rsatib o‘tmaymiz. O‘zgarish asosan matn terish doirasida amalga oshiriladi. Hujjatga quyidagi matn va buyruqlarni kiritamiz:
<< 1 2 3 4 5 6 7 8 ... 19 >>
На страницу:
4 из 19