Оценить:
 Рейтинг: 0

LaTeX ga kirish. Darslik

Год написания книги
2022
<< 1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 >>
На страницу:
8 из 19
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

кузатинг, ?андай тикланишини

} шрифт

кейин охири {да г} руппа.

Олдинги холатда бyлади.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

E’tibor qarating, programma matnni 12 kegl shrift bilan betda ikkita kolonka qilib chiqarmoqda (ikkinchi kolonka joyi turibdi).

Nazorat savollari

1. 12 kegl nimani anglatadi?

2. Buyruq argumenti qanday bo’lishi mumkin?

3. Majburiy argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

4. Majburiy bo’lmagan argument buyruqda qanday ko’rsatiladi?

Topshiriqlar

1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu o’z navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini shrift o’lchamlarini o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli va o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil eting.

3. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni gruppalashdan foydalanib tashkil eting.

4. Kiritilgan matn so’zlarini turli o’lchamli shriflarda chop etishni tashkil etishda probellarni boshqarish mexanizimini o’rganing.

3. Hujjat stili

3.1. Hujjat asosiy buyruqlari

\documentclass {article}

Bu buyruq majburiy buyruq hisoblanib, har qanday LaTeX dagi hujjat (dastur) shu buyruq bilan boshlanadi. Buyruq kiritilayotgan hujjut sinfini belgilaydi. Bizni xolatda hujjat sinfi «article» (maqola).

LaTeX buyruqlarida «majburiy (объязательный) ” va «majburiy bo’lmagan (не объязательный) ” argumentlar ishtirok etishi mumkin. Majburiy argument ko‘rsatilishi shart bo‘lgan argument hisoblanib, agar ko‘rsatilmasa tizim xatolik ko‘rsatadi. Majburiy bo‘lmagan argumentdan zarur xolatlarda foydalaniladi. Shuning uchun u ko‘rsatilmasa tizim xatolik bermaydi.

Buyruqni umumiy tarkibi quyidagicha:

\documentclass [options] {class} [release-date]

{class} – majburiy argument bo‘lib, hujjatni (matnni) sinfini belgilaydi. Ko‘rinib turibdiki majburiy argumentlar {} figurali qavsda ko‘rsatiladi.

Hujjatlar sinflari standart quyidagicha bo‘lishi mumkin: article (maqola), proc (ma’ruza), book (kitob), report (hisobot), letter (xat), slides (slaydlar) va boshqalar.

LaTeX kiritilishi rejalashtirilgan hujjatni sinfiga qarab oldindan tizim resurslarni rejalashtiradi (resurslardan foydalanishni).

[options] – majbur bo‘lmagan argument bo‘lib, hujjatni qo‘shimcha parametrlarini kiritishni ta’minlaydi.

Misol:

\documentclass [a4paper,12pt] {article} [2000/05/19]

[a4paper,12pt] – majburiy bo‘lmagan argument, saxifa qog‘oz o‘lchami va shrift o‘lchamini belgilaydi;

[release-date] – majburiy bo‘lmagan argument, hujjatni tayyorlangan yoki redaktorlangan vaqtini belgilaydi.

\usepackage [cp1251] {inputenc}

Bu buyruq «deklaratsiya» xarakteriga ega bo‘lib, hujjat uchun zarur bo‘lgan paketlarni (funksiya, podprogrammalarni) oldindan yuklab qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Ko‘pchilik adabiyotlarda uni «preambula» buyrug’i ham deb ataladi. Uni ma’nosi (zagatovka) hujjat uchun tayyorlab olish deb tushiniladi. Buyruq umumumiy ko‘rinishi quyidagicha:

\usepackage [options] {package} [release-date]

[options] – majburiy bo‘lmagan argument bo‘lib, hujjat uchun qo‘shimcha parametrlarni kiritish uchun qo‘llaniladi. Misol uchun bizni xolatda

[cp1251] – argument hujjatda qo‘llaniladigan simvollar kodini ko‘rsatadi.

{package} – majburiy argument bo‘lib, hujjat ni qayta ishlash uchun yuklanishi zarur bo‘lgan paketni ko‘rsatadi. Bizni xolatda:

{inputenc} – paket MS Windows muhitida qo‘llaniladigan shriftlarni 1251 kodirovkasini yuklab olinishini ko‘rsatadi.

\usepackage [T2A] {fontenc} – buyruq ingiliz tilidagi hujjatga rus tilidagi matn qo‘shilishi mumkinligini ta’minlaydi. U babel paketini o‘rniga fontenc (shrift) paketini T2A parametiri bilan yuklanishini ta’minaydi.

T2A – matn xarfini ko‘chirish ta’minlanmagan kodirovkasi.

\usepackage [russian] {babel} – buyruq ingiliz tilidagi matnga rus tili matnni qo‘shish babel paketini russian qo‘shimcha bilan yuklanishini tashkil etadi.

Agar ingiliz tili va rus tili matnlari bitta hujjatda bo‘ladigan bo‘lsa buyruqni quyidagicha ifodalash mumkin:

\usepackage [russian, english] {babel}.

%% – kommentariya qatorini belgilaydi. Shu belgidan keyingi kiritilgan matn kompanovka vaqtida hisobga olinmaydi. U kommentariya vazifasini o‘taydi.

\begin {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini (doirasini) boshlanishini belgilaydi.

\end {document} – buyrug’i hujjatdagi matn muhitini tugashini belgilaydi.

Keltirilgan muxitdan tashqarida kiritilgan matnlarni kompanovshik hisobga olmaydi va u to‘g‘risida xatolik bermasligi ham mumkin.

Nazorat savollari

1. Hujjat sarlavhasi deganda nima nazarda tutiladi?
<< 1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 >>
На страницу:
8 из 19