Оценить:
 Рейтинг: 0

LaTeX ga kirish. Darslik

Год написания книги
2022
<< 1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 19 >>
На страницу:
12 из 19
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

3.5.2. Matnda chizish va ramkaga olish

Matnni ostini chizish uchun \underline buyrug’idan foydalaniladi. buyruqdagi majburiy argumenti, bu matn. Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

Бу сyзни ости чизилган бyлади\underline {чизи?ли}.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

Osti chiziladigan matn bitta satrda bo‘lishi kerak.

Matnni ramkaga olish uchun \fbox buyrug’idan foydalaniladi. Misol:

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

Иккита сyз

\fbox {рамкада бyлади.}

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

\fbox buyrug’i bitta satrda joylashadigan matnlarni ramkaga olish uchun qo‘llaniladi. Agar bir nechta satrni ramkaga olish zarur bo‘lsa unga boshqa buyruqdan foydalanish kerak.

Nazorat savollari

1. \underline buyrug’i nima uchun qo’llaniladi?

2. \fbox buyrug’i nima uchun qo’llaniladi?

3. Gorizontal chiziq qanday tashkil etiladi?

4. Vertikal chiziq qanday tashkil etiladi?

Topshiriqlar

1. «Ushbu darslik xozirgacha mavjud adabiyotlar, maqola, taqdimotlar va ko’rsatmalar asosida tayorlandi. Barcha foydalanilgan materiallar nomlari va manzillari ko’rsatib o’tildi. Darslikda keltirilgan har bir misolni tizimda sinalgan.» matnida «Darslikda» degan so’zni ramkaga olib chop etishni tashkil etuvchi hujjatni tashkil eting.

2. Kiritilgan matnda ramkaga olingan so’zni shriftini o’zgartirib chop etishni tashkil etuvchi hujjatni tashkil eting.

3. Kiritilgan matnda «tayorlandi» so’zni ostini chizib chop etishni tashkil etuvchi hujjatni tashkil eting.

4. Kiritilgan matnda «tayorlandi» so’zni ostini chizib ramkaga olub chop etishni tashkil hujjatni tashkil eting.

4-Mavzu. Hujjatlarni formatlash

4.1.Abzaslar (xatboshlar)

TeX da abzas xosil qilish uchun maxsus harakat qilishingiz shart emas, faqat paragraf ohirida matnni ko‘rsatuvchi manba matnda bo‘sh satr qoldirish yetarli. Ushbu bo‘limda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan «favqulodda vaziyatlar» ni muhokama qilamiz. TЕX tizimi ushbu holatlarga javob berishning ko‘plab usullarini beradi; ularning ba’zilari barcha foydalanuvchilar uchun muhim, lekin ularning ko‘plari – faqat nashriyot mutaxassislariga zarur.

Misol, \parindent buyrug’i TeX da abzas boshidagi bo‘sh joy (chetlashish) o‘lchamni o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Odatda abzas boshida qoldiriladigan bo‘sh joy tizimni sozlash davrida belgilanadi. Foydalanuvchi zaruriy xolda o‘zi ushbu buyruq orqali boshqarishi mumkin. Buyruq «sm» larda belgilash imkoniyatini beradi. Misol uchun quyidagini ko‘raylik:

\parindent=2cm

4.1.1.Abzas ko‘rsatilamgan xolatda

Misol:

\documentclass [12pt] {article}

\usepackage [T2A] {fontenc}

\usepackage [russian] {babel}

\begin {document}

Бу ерда \quad 1em орали?.\\

Бу ерда \quad {} 1em орали?.\\

Бу ерда \quad {} 1em

?yшимча яна озгина.

\end {document}

Kompanovka qilib, ko‘rish buyrug’ini ishga tushirish bilan hujjatni ko‘rish maydonida quyidagini kuzatamiz:

E’tibor qarating: abzas boshidagi qoldirishlar oldindan belgilagan (yangi buyruq xali qo‘llanilgani yo‘q).

4.1.2.Abzas buyruq yordamida belgilanganda (\parindent orqali)

\begin {document}
<< 1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 19 >>
На страницу:
12 из 19