Оценить:
 Рейтинг: 0

LaTeX ga kirish. Darslik

Год написания книги
2022
<< 1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 19 >>
На страницу:
9 из 19
Настройки чтения
Размер шрифта
Высота строк
Поля

2. Ushbu tizimda maqola qanday belgilanadi?

3. Matn kiritish tizimi qanday quriladi?

4. begin va end qanday maqsadda foydalaniladi?

5. Books nima degani?

Topshiriqlar

1. «LaTeX tizim matematika, kimyo, umuman texnika yo’nlishi maqola, kitob va boshqalarni standart ko’rinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy ko’rinisda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.» matnini article (maqola), proc (ma’ruza), book (kitob) sinflarida o’zgartirib chop etilishini tashkil eting.

2. \documentclass buyrug’idan foydalanib tashkil etilgan matnni shriftini o’lchmini o’zgartirib chop etishga tayyorlang.

3. %% dan foydalanib matn tarkibiga komentariya kiriting.

4. Matin tarkibiga «krill» alifbosida informasiya kiritishni tashkil eting.

3.2. Dasturda kommentariya qo‘shish

\documentclass {article}

\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 shrifni ko’chirissiz qo’shish

\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish

\begin {document}

Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди.

\end {document}

Ekranda ko‘rish quyidagini beradi:

«Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди.»

Ko‘rinib turibdiki, %% belgisidan keyingi yangi kiritilgan matn e’tiborga olinmaydi. U foydalanuvchi uchun kommentariya bo‘lib xizmat qiladi.

3.3. Ingiliz alfabitida matn qo’shish

\documentclass {article} \usepackage [T2A] {fontenc} %% shrifni ko’chirissiz qo’shish\usepackage [russian] {babel} %% 3 Ingiliz matniga rus shriftini kiritish \begin {document} Комилжон ишга келиб 10—30 да чикиб кетди. Ivan come in hose/\end {document}

Hujjat kompanovka qilinib, ko‘rish rejimiga o‘tilsa, ekranda quyidagi xosil bo‘ladi:

E’tibor bering, ingliz alfabitida matn kiritish qo‘shimcha paketlarni yuklashni talab etmaydi. Bizni xolda matn keyingi qatordan davom ettirilgan bo‘lsa xam, LaTeX matnni qatordan davom ettiradi. U matn kiritishdagi qatorlarni e’tiborga olmaydi. Yangi qatordan matnni davom ettirish uchun maxsus buyruqdan foydalaniladi. Bu buyruqni kelgusida o‘rganamiz.

Nazorat savollari

1. Hujjatda komentariya nima ushun kerak?

2. Komentariyani kiritish qanday amalga oshiriladi?

3. Hujjatda buyruqni qaysi simvol bilan boshlaniladi?

4. Deklarasiya buyrug’ini qanday ko’rsatiladi?

Topshiriqlar

1. «LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishgat ayyoralsh, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matnini article (maqola) sinfida chop etilishini tashkil eting.

2. Kiritilgan matn tarkibiga komentariya kiritib hujjat tashkil eting.

3. Kiritilgan matn shriftini o’zgartirib chop etish hujjat tashkil eting.

4. Kiritilgan matn shriftini gruppalab o’zgartirib chop etish hujjat tashkil eting.

3.4. Xatoliklarni kuzatish

Agar hujjatni tayyorlashda xatolikga yo‘l qo‘yilsa bu xaqida kompanovshik xato xabarini beradi. Tizim xatoliklarni kuzatilgan qator, xatolik sababini ko’rsatadi

Misol:

Rasm 3.1. Kuzatilgan xatoliklarni tizimda ifodalanishi.

E’tibor qarating, kuzatilgan xatolik va uni joylashish qatorini kompanovshik kompanovkani borishini ko‘rsatib turuvchi maydonda qizil rangdagi yozuvlar bilan ko‘rsatadi. Bu yerda xatolik turi ham ko‘rsatiladi. Xatolikni bartaraf etilib qayta kompanovka qilinsa kompilyator xatolikni ko‘rsatmaydi:

Rasm 3.2. Kuzatilgan xatolik to’g’irlangan holat.

Ko‘rinib turibdiki, hujjat tayyorlashda xatolik yo‘q.

Nazorat savollari

1. Hujjatda xatoliklar borligi qanday aniqlanadi?

2. Kompanovka nima?

3. Hujjatdagi xatoliklar nimadan iborat ekanligi qanday aniqlaniladi?

4. Otladka deyilganda nimani tushinasiz?

Topshiriqlar

1. «LaTeX matnli ma’lumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni o‘zgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth).» matniga o’zgartirishlar kiritib kompanovka qilish jarayonini kuzating.

2. Kiritilgan matindagi \begin {document} buyrugida “\” simvolini tushirib qoldirib kompanovka jarayonini kuzting. Kuzatilgan xatolikni tahlil eting.

3. Kuzatilgan xatoliklarni bartaraf etish ketma ketligini taxlil eting.

4. Kompanovka jarayonini kuzatish maydonini ekrandan olib tashlash va qayta tiklashni bajarib ko’ring.
<< 1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 19 >>
На страницу:
9 из 19